Afg'onistondagi portlashda 4 nafar politsiya xodimi jon berdi

Afg’onistonning shimolida joylashgan Balh viloyatida portlash yuz berdi.

1055205
Afg'onistondagi portlashda 4 nafar politsiya xodimi jon berdi

Afg’onistonning shimolida joylashgan Balh viloyatining Shor Tepa tumanida yuz bergan portlashda 4 nafar politsiya xodimi jon berdi.

Shor Tepa tuman boshlig’i Muhammad Karimning qayd etishicha tumanga qarashli Tokai qishlog’ida, yo’l chetiga joylashtirib qoyilgan bomba, chegaradagi politsiya xodimlarining mintaqadan o’tar chog’ida portlatilgan.

Muhammad Karim mazkur portlashda jon berganlardan tashqari 3 nafar politsiya xodimining ham tan jarohati olganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Hujumni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olgani yo’q.



Aloqador xabarlar