Meksikaning yangi prezidenti Obrador Tramp bilan teskari bo'lishni xohlamaydi

“Migratsiya muammosini devor urgan holda yoki kuch ishlatgan holda bartaraf etib bo’lmaydi. Biroq, bu masalaga diplomatiya va o'zaro hurmat doirasida yechim topish mumkin”,-deydi Meksika prezidenti.

1055741
Meksikaning yangi prezidenti Obrador Tramp bilan teskari bo'lishni xohlamaydi

Meksikaning yangi saylangan prezidenti Andres Manuel Lopez Obrador migratsiya masalasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan aytishishni xohlamasligini bildirdi.

Trampning saylov kampaniyasi chog’ida Meksika chegarasiga devor urishini va buning harajatini meksikaliklarga to’latishga va’da bergan holda, ikki davlat munosabatlarining taranglashishiga sabab bo’lgandi.

Obrador Meksikaning AQSh bilan chegaradosh Sonora shtatiga tashrifi chog’ida darg’azab munozaralar hech kimga foyda keltirmasligini tilga oldi.

“Migratsiya muammosini devor urgan holda yoki kuch ishlatgan holda bartaraf etib bo’lmaydi. Biroq, bu masalaga diplomatiya va o'zaro hurmat doirasida yechim topish mumkin”,-deydi Meksika prezidenti.

Aytish joizki, 22 sentyabr shanba kuni amerikalik vakillar chegara hududidagi El Paso shahrida 6 yarim km uzunlikda va 5 metr balandlikda devor qurila boshlaganligini ma’lum qilgandi.

Meksika chegaradagi xavfsizlik devorining pulini to’lashni rad etdi. Bu devor uchun Amerika kongressi 1.6 mlrd dollarlik byudjet ajratdi.

Olimlar bunday devor hududda yashagan mingdan ortiq hayvon turi uchun taxlikali bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar