Sudan hukumati xalqaro hamjamiyatni mamlakatdagi qochqinlarga yordam berishga chaqirdi

“Xalqaro hamjamiyat mamlakatdagi qochqinlarga e’tibor qaratishi zarur”,-deydi Qochqinlar komissariyati xavfsizlik xodimi As-Sir Halid.

1051875
Sudan hukumati xalqaro hamjamiyatni mamlakatdagi qochqinlarga yordam berishga chaqirdi

Sudan hukumati xalqaro hamjamiyatni mamlakat sharqidagi lagerlarda yashagan qochqinlarga yordam berishga chaqirdi.

Hukumatga qarashli qochqinlar komissariyati xavfsizlik xodimi As-Sir Halid matbuotga bayonot berdi.

U bayonotida, xalqaro hamjamiyatni mamlakat sharqidagi lagerlarda kun kechirgan 90 mingga yaqin qochqinga yordam qo’lini uzatishga chaqirdi.

“Xalqaro hamjamiyat mamlakatdagi qochqinlarga e’tibor qaratishi zarur”,-deydi As-Sir Halid.

Uning aytishicha, Sudan hukumati qochqinlarga nisbatan zimmasiga tushgan barcha mas’uliyatni bajarmoqda.

Lagerlardagi qochqinlarga oziq-ovqat, boshpana, salomatlik xizmati va ta’lim-tarbiya sohasida yordam berilganligini ma’lum qilgan Halid, bu xizmatlar qochqinlarga boshpana berilgan hududlarga ta’sir ko’rsatganligini bildirdi.

Hozirda mamlakat sharqidagi 10 ta lagerda Efiopiya, Eritreya va Somalidan kelgan jami 90 ming qochqin mavjud.

Hukumat hisobotiga ko’ra, mamlakat sharqida Janubiy Sudandan jami 1 mln 300 ming qochqin, Suriya va Yamandan esa, norasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 200 mingdan ziyod qochqin mavjud.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan , #qochqin , #yordam

Aloqador xabarlar