Mevlud Chavushog'lu, AQShning haqiqiy do'stini bilmaganini ifoda etdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, AQShning kimning haqiqiy do'st ekanligini bilmaganini izohladi.

1034206
Mevlud Chavushog'lu, AQShning haqiqiy do'stini bilmaganini ifoda etdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh) kimning haqiqiy do'st bo'lganini bilmaganini izohladi.

10. Favqulodda Elchilar Konferentsiyasida so'zlagan Chavushog'lu, AQSh prezidenti Donal Trumpning Turkiya haqida so'zlagan salbiy baynotlarini baholadi.

Turkiyaning AQShga qarshi bir xatosi bo'lmaganiga to'xtalib o'tgan Chavushog'lu, kim bo'lishidan qat'iy nazar sud jarayonini boshlanishini ifoda etdi.

Chavushog'lu, Turkiyaning AQShga hujum qilganlarni dastaklamaganiga va terror tashkilotini qurollantirmaganiga diqat qaratdi.

Chavushog'lu bunga qarshi AQShning Turkiyani tahdit etgan bo'lg'inchi terror tashkiloti PKKning Suriyadagi qanodi PYD/YPGni qurollantirish va 2016-yili 15-Iyul davlatni to'ntarishga tashabbus etgan FETO a'zolarini himoya qilganiga diqqat qaratdi.

Chavushog'lu, "Terror tashkilotlarini qurollantirishni to'g'rimi (FETO va PKK bilan aloqasi bo'lgan AQShlik ruhoniy haqida) qonuniy jarayonning Turkiyada kuchda bo'lishimi to'g'ri?" dedi.

AQShlik vakillarga Turkiyaga santksiya o'tmasligini aytganini ifoda etgan Chavushog'lu, do'stona va huquq doirasida yechim izlangan taqdirda taranglik bo'lmasligini bildirdi.

Chavushog'lu, "AQSh bu ishlarning kovboy kinosi bo'lmaganini ko'rishi kerak. Biz ikki ulkan davlat sifatida bir birimizni hurmat qilishni o'rganishimiz kerak. Bosim bilan hurmat bo'lmaydi" deb so'zladi.

Chavushog'lu, AQShning daslabi siyosatini tushunib bo'lmalsigini bildirib, buni Yevropaning ham qo'llab-quvvatlamaganini qayd etdi.

Chavushog'lu, "Biz boshqa davlatlar bilan bir muammo bo'lishini istamaymiz. AQSh bilan taranglik bo'lishidan ham xursand emasmiz. AQSh bilan masalalarga tezda yechim topishimiz mumkin lekin AQShning mavjud tushunchasi bilan bo'lmaydi" deb ifoda etdi.

 

 



Aloqador xabarlar