Idlibdagi portlash ko'pchilik umriga zomin bo'ldi

Suriyaning Idlib viloyatining Sermada tumanida yuz bergan portlashda qurbonlar ko'p.

1030777
Idlibdagi portlash ko'pchilik umriga zomin bo'ldi

Suriyaning Idlib viloyatining Sermada tumanida yuz bergan portlashda ilk aniqlashlarga ko’ra 32 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 45 kishi tan jarohati oldi.

Idlibdagi tinch aholidan tashkil topgan mudofaa guruhi yetakchisi Mustafa Haj Yusuf shu haqida bergan bayonotida, “Sermada tumanida Bab al-Hava chegara darvozasining eski hovlisida Humusning shimolidan ko’chirib kelinganlar jon saqlagan hududda to’ng saharlab soat 04:00 chog’larida katta portlash yuz berdi” dedi.  

Haj Yusuf, “Portlash oqibatida Humusning shimolidan ko’chirib kelinganlar jon saqlagan 6 qavatli ikkita bino quladi. Oqibatida tinch aholidan 32 kishi jon berdi, kamida 45 kishi tan jarohati oldi” deya gapirdi.

Qidiruv va qutqaruv faoliyatlari natijasida 13 nafar tinch aholining vayrona ostidan qutqarilganligini ham ifoda etgan Yusuf, tan jarohati olganlarning eng yaqin kasalxonalarga yotqizilganligi, atrofdagi ko’plab bino va transportning esa ziyon ko’rganligini qayd etdi.

Tinch aholidan tashkil topgan mudofaa guruhi qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Rasmiylar portlash sababini izlashtirmoqda.



Aloqador xabarlar