Kun tahlili 32-qism

Dasturimizning bugungi sonida Germaniyada borgan sayin ortib borayotgan irqchilik va islomobiya haqida so’z qilamiz.

1029856
Kun tahlili 32-qism

Yevropadagi irqchilik va islomofobiya borgan sayin ortib bormoqda. Yevropa ittifoqi tarkibidagi eng muhim davlatlardan biri hisoblangan Germaniyada bugungi kunda, natsional-sotsialistik tarixdagi voqealarga o’xshash jarayon kuzatilmoqda. Irqchilik va islomofobiya oddiy voqeaga aylangan Germaniyada umr surgan Mesut O’zil mojarosi va uning Germaniya Milliy futbol terma jamoasi tarkibidan chiqib ketishi irqchilik va islomoboiyaning mamlakatda qanchalik avj olganligini ko’rsatmoqda. 

Mesut O’zilning Angliyada Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashuvi, Turkiya Respublikasi Prezidenti bilan birgalikda suratga tushishi Germaniya ommaviy axborot vositasi va Germaniyadagi siyosatchilar tomonidan mamlakatda dunyo kubogi oldidan katta mojaroga yo’l ochdi. Aslida 2010-yildan beri Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan har yo’llari kesishganida uchrashib, birgalikda suratga tushib turgan Mesut O’zil bu gal irqchi nishonlarga, irqchi haqoratlaru tahditlarga ma’ruz qoldi. Futbolchi bularning hammasiga qarshi sukut saqladi lekin Germaniya Futbol federatsiyasi rahbari Reinhard Grindeltalabiga javob bermadi, eng asosiysi uning aksiga Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan tushgan surati uchun kechirim so’ramadi.  

Germaniya Futbol terma jamoasining dunyo kubogida mag’lubiyatga uchrashi ortidan Germaniyaning barcha ommaviy axborot vositasi bu haqidagi ma’lumotni Mesut O’zilning fotosurati bilan tarqatishi va Germaniya Futbol federatsiyasi rahbari Reinhard Grindelning Germaniya Milliy futbol terma jamoasining dunyo kubogi o’yinidan chiqib ketishidan Mesut O’zilni javobgar deb topishi, futbolistning sabr kosasini toshirdi. Chunki Mesut O’zil Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan tushgan suratidan oldin umraga borib tushgan suratlari tufayli ham islomofobik nishonlar ositda qolgan.   

Shundan keyin Mesut O’zil sukutini buzib uch bo’lak bayonot matni bilan chiqdi. Aslida Mesut O’zil tomonidan katta jur’at bilan twitter orqali ingiliz tilida chop etilgan bayonot matni Germaniyada irqchilik va islomofobiyaning yetib kelgan nuqtasini yaqqol ko’rsatdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Unda taniqli futbolchi “G’olib bo’lganimizda nemisman, mag’lubiyatga uchrasak migrantman” degan satrlarga o’rin berdi. Mesut O’zil aslida chop etgan bayonot matni bilan birgalikda futbolning Muhammad Alisi bo’ldi. Germaniya va ayniqsa Germaniya futbol terma jamoasiga qarshi qattiq tanqid bilan chiqish qilgan futbolchi ayni vaqtda Germaniyada yashagan turk va musulmonlarning ham ichidagini aytdi.  

Bayonot matnida Germaniyadagi irqchilikga e’tibor qaratdi va yuragining, ham Turkiya ham Germaniya uchun urganligini alohida ta’kidlab o’tdi. O’zilning Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan tushgan suratni himoya qilishi, Germaniya uchun qo’lga kiritgan ana shuncha muvaffaqiyatiga qaramay irqchi nishonlarga ma’ruz qolayotganligini ochiq-oydin izoh etishi, yuqorida ham aytib o’tganimizdek aslida Germaniyada yashagan turklarning ham tuyg’ular edi. Germaniyada yashagan turk millatiga mansub fuqarolarning Mesut O’zilni ijtimoiy trmoqda huddi qahramonlardek tabriklashi buning dalilidir.

O’zilning bayonot matni Germaniyadagi turklar bilan musulmonlar uchun shunchalik muhim o’ringa ega bo’lar ekan nima uchun turk milllatiga mansub, islom dinidagi bir futbolchi yoki deputat uchun unday emas. Germaniya majlisidagi turk millatiga mansub deputatlar va mamlakatdagi siyosiy partiyalarning turk va musulmonlar dardiga darmon bololmasligi Germaniya uchun katta muammo hisoblanadi. Bir tomondan Germaniyada irqchilik va islomofobiya kun o’tgan sayin avj olar ekan ikkinchi tomondan esa Germaniyadagi turklar bilan musulmonlar nomidan ishh olib borgan bironta ham deputat yo’qdir.

Ayniqsa Germaniyadagi mazkur zid vaziyat yuzasidan u yerda yashagan turklar bilan musulmonlar huquqini himoya qilishlik va ularning ishonchini oqlash uchun Turkiyaning Germaniyada yana-da faol siyosat kuzatishi darkor. Turkiyaning Germaniya xalqi ichida borligini his qildirishi va Germaniyadagi turklar va musulmonlar uchun kurash olib borishi, Germaniyadagi turklarning kuchiga-kuch qo’shadi va haqiqaitlarni xalqining yuziga soladigan yangi Mesut O’zillar chiqadi. Agar Turkiya buni amalga oshirolmagudek bo’lsa unda Germaniyadagi turklar bilan musulmonlar borgan sayin irqchilik va islomofobiya avj olgan Germaniya xalqi bilan zidlashib qoladi.

Aziz dasturimiz muxlislari Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) tadqiqotchisi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik. 

 



Aloqador xabarlar