AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yo’lladi

Rossiyaga safar qilgan amerikalik senator Rand Paul Donald Trampning maktubini Rossiya hukumati vakillariga topshirdi.

1028964
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yo’lladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yo’lladi.

Rossiyaga safar qilgan amerikalik senator Rand Paul Donald Trampning maktubini Rossiya hukumati vakillariga topshirdi.

“Prezident Trampning maktubini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vakillariga topshirish sharafiga muyassar bo’ldim. Maktubda terrorizmga qarshi kurash, parlamentarlar o’rtasidagi muloqotni jadallashtirish va madaniy uchrashuvlarni davom ettirish kabi bir qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyati tilga olindi”,-deydi senator Rand Paul o’zining Twitterdagi sahifasida.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yozgan maktubi diplomatik kanallar orqali rus tomoniga topshirilganligini ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Putin maktubning mazmuni bilan hali tanishgani yo'q.

Amerikalik senator Rand Paul Moskvada parlamentning yuqori va quyi palatasi Federatsiya kengashi va Duma vakillari hamda tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan uchrashdi.

Senator Rand Paul bugun Sankt Peterburgga jo’nab ketadi va u yerda shahar hokimligi rasmiylari bilan uchrashadi.

Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo’lgan Rand Paul Trampning 16 iyulda Xelsinkida Putin bilan bo’lgan uchrashuvini ham qo’llab quvvatlagan edi.

Uning Rossiyaga tashrifidan maqsad Vashington bilan Moskva o’rtasida muloqotga jalb qilish deb aytilmoqda.

Moskvada “Dunyo juda murakkab. Suriya va boshqa mintaqalarda Rossiya bilan juda yaqin pozitsiyadamiz. O’rtamizda aloqa kanallarining ochilmasligi katta xato bo’ladi”,-deya ta’kidlagan Rand Paul Rossiya parlamentidan bir guruh vakilni Vashingtonga taklif qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp , #Rossiya , #Vladimir Putin , #maktub

Aloqador xabarlar