Afg’onistondagi hujumda 3 nafar NATO askari jon berdi
Afg’onistonning sharqida uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida 3 nafar NATO askari jon berdi.
1026139
Afg’onistonning sharqida uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida 3 nafar NATO askari jon berdi.
Afg’onistondagi NATO qo’shinlari tomonidan shu haqida berilgan bayonotda mamlakatning sharqida, patrullik xizmatini o’tayotgan NATO konvoyining xudkushlik hujumiga duch kelganligi ma’lum qilindi.
Hujumda 3 nafar NATO askarining jon berganligi ifoda etilgan bayonotda, amerikalik bir askar bilan afg’onistonlik 2 askarning tan jarohati olganligi ilova etildi.
Afg’onistonning Parvan viloyati hokimi voizi Vohida Shohkar, xudkushlik hujumining Parvanning Hilazoy tumanida uyushtirilganligini qayd etdi.
Jon berganlarning kim ekanligi haqida ma’lumot berilmagan bayonotda, xudkushlik hujumini Tolibon o’z bo’yniga oldi.