Eronning turli viloyatlarida davom etayotgan namoyishlar poytaxt Tehrongacha yetib keldi

Namoyishlarda mamlakatda avj olib borayotgan iqtisodiy muammolar qoralanmoqda.

1025084
Eronning turli viloyatlarida davom etayotgan namoyishlar poytaxt Tehrongacha yetib keldi

Eronning turli viloyatlarida davom etayotgan namoyishlar poytaxt Tehrongacha yetib keldi.

3 kun oldin Isfaxonda boshlanib, so’ngra Mashxad, Shiroz kabi shaharlarga tarqalgan namoyishlar Tehronda ham avj oldi.

Namoyishlarda mamlakatda avj olib borayotgan iqtisodiy muammolar qoralanmoqda.

Internet tarmoqlarida tarqatilgan tasvirlarda namoyishchilar Tehrondagi “Veliasr maydoni” yaqinlaridagi axlat konteynerlariga o’t qo’yganligi kuzatiladi.

Yo’ldan o’tib ketayotgan transport vositalari haydovchilari ham namoyishchilarni signal chalgan holda qo’llab quvvatlamoqda.

Dastlab, dekabr oyida Mashxad shahrida boshlangan namoyishlarda 25 kishi hayotdan ko’z yumgandi.

O’tgan oy dollarning keskin ko’tarilishi oqibatida Tehrondagi “Buyuk bozor” savdo markazi moddiy zararni qoplay olmay o’z faoliyatini to’xtatgan edi. Bu esa, mamlakatda yana norozilik namoyishlarining boshlanishiga sabab bo’lgandi.

Hukumatning iqtisodiy jihatdan olgan chora-tadbirlari dollar kursini pasaytirishga yetmadi, aksincha vaziyatning yanada avj olishiga olib keldi.

Erkin bozorda dollar narxi 10 ming tumendan oshib ketdi.

 


 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Tehron , #namoyish

Aloqador xabarlar