Kerkukda yana bombali hujum uyushtirildi

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy DEASh terror tashkilotining harbiy kuchining qolmaganligini ma’lum qilgan edi lekin tashkilotga bog’liq uyqudagi hujayralar vaqti-vaqti bilan terror hujumi uyushtirishni davom ettirmoqda.

1023598
Kerkukda yana bombali hujum uyushtirildi

Iroqning Kerkuk shahar markazida uyushtirilgan bombali hujumda atrofdagi uy-joylar, ishxonalar va yo’lda yurib ketayotgan mashinalar ziyon ko’rdi.

Kerkuk Politsiya idorasi Matbuot xizmati yetakchisi Afrasyav Kamil, Vasiti tumanida, kim ekanligi noma’lum kishi yoki kishilar tomonidan yo’l chetiga oldindan joylashtirib qo’yilgan bombaning uzoqdan turib portlatilganligini qayd etdi.

Hujum oqibatida jon bergan yoki tan jarohati olganlarning yo’qligini lekin portlashning ta’sirida atrofdagi uy-joy, ishxona va yo’lda yurib ketayotgan mashinalarning ziyon ko’rganligini ifoda etgan Kamil, politsiya tomonidan voqea ustidan keng ko’lamli tekshiruv ishlarining boshlatilganligini qayd etdi.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy 2017-yilning dekabr oyida 3 yil ortidan DEASh terror tashkilotining harbiy kuchining qolmaganligini ma’lum qilgan edi lekin tashkilotga bog’liq uyqudagi hujayralar Iroqdagi ba’zi nuqtalarda vaqti-vaqti bilan terror hujumi uyushtirishni davom ettirmoqda.  

 

 



Aloqador xabarlar