Arab davlatlari Ligasi Tamimiyni, Falastin xalqi va erkin dunyo xalqlarini tabrikladi

Arab davlatlari Ligasi qoshidagi Bosib olingan Arab tuproqlari va Falastin masalasi bo’yicha maxsus vakili Bosh kotib o’rinbosari Abu Ali, Tamimiyning ozod etilishi tufayli Falastin xalqi va erkin dunyo xalqlarini tabrikladi.

1023737
Arab davlatlari Ligasi Tamimiyni, Falastin xalqi va erkin dunyo xalqlarini tabrikladi

Arab davlatlari Ligasi Bosh kotibi o’rinbosari Said Abu Ali, Isroil tomonidan ozod etilgan Ahad at-Tamimiyning faqatgina g’alabani nishonga olgan va talab qilgan Falastin ishonchining o’rnagi ekanligini qayd etdi.

Arab davlatlari Ligasi qoshidagi Bosib olingan Arab tuproqlari va Falastin masalasi bo’yicha maxsus vakili Bosh kotib o’rinbosari Abu Ali, “Hanzala jasorat mukofati” sohibi Tamimiyning ozod etilishi tufayli Falastin xalqi va erkin dunyo xalqlarini tabrikladi.  

Abu Ali, Tamimiy va onasining Isroil terrori va jinoyatlari oldida tik turishining Falastin xalqi va dunyoning barcha erkin insonlarining yutug’i ekanligini ta’kidladi.

Tamimiyning ishg’olning bas qilinishi va erkinlik kurashi yo’lida qadam tashlaganligini ta’kidlagan Abu Ali, Tamimiyning Falastin xalqining kurashining avloddan-avlodga davom etganligining isboti ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Falastinlik jasur qiz” degan nom bilan mashhur bo’lgan Ahad at-Tamimiy 2012-yili akasi qamoqqa olingan paytda, Isroil askarlariga qarshi kurashgani sabab Istanbulda, “Hanzala jasorat mukofati”ga loyiq deb topilgan edi.

Ahad, Bosh vazirlik paytida Prezident Erdo'g’an bilan ham uchrashgan.  

 

 

 

 



Aloqador xabarlar