Yaponiyadagi noqulay havo sharoitlari yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Yaponiyada bu oy, noqulay havo sharoitlari yuzasidan yuz bergan falokatlar oqibatida jon berganlar soni ortdi.

1022941
Yaponiyadagi noqulay havo sharoitlari yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Yaponiyada bu oy, noqulay havo sharoitlari yuzasidan yuz bergan falokatlar oqibatida jon berganlar soni 300 nafardan ortdi.

Yaponiyadagi Favqulodda vaziyat ishlari boshqaruvi tomonidan ma’lum qilinishicha, oyning birinchi ikki haftasida Yaponiyaning g’arbida avj olgan og’ir yog’ingarchilik yol ochgan sel falokati va yer ko’chkisi natijasida 222 kishi jon bergan.

Bedarak yo’qolgan 9 kishining ahvoli esa haligacha noma’lum.

Yaponiyada havo harorati 40 darajadan ortar ekan rasmiylarning qayd etishicha iyul oyining o’zida 100 ga yaqin kishi issiq havo yuzasidan kasal bo’lib, natijada jon bergan.

Undan tashqari Yaponiyaning “Kyodo” agentligining Yong’in va ofat ishlari boshqaruviga tayangan holda tarqatgan ma’lumotida shu yilning 30-aprelidan 29-iyuligacha kuzatilgan issiq havo natijasida 125 kishi jon bergan bo’lib, 57 ming 500 dan ortiq kishi esa issiq o’tishi kabi kasalliklar yuzasidan kasalxonaga yotqizilgan.



Aloqador xabarlar