Demmer, “Germaniya bilan Turkiya bir necha tarmoqda yaqin va muhim sherik”.

Germaniya Hukumat voizi o’rinbosari Ulrike Demmer, Turkiya bilan Germaniyaning bir necha tarmoqda yaqin va muhim sherik ekanligini qayd etdi.

1022801
Demmer, “Germaniya bilan Turkiya bir necha tarmoqda yaqin va muhim sherik”.

Germaniya Hukumat voizi o’rinbosari Ulrike Demmer, Turkiya bilan Germaniyaning bir necha tarmoqda yaqin va muhim sherik ekanligini qayd etdi.  

Demmer, poytaxt Berlinda uyushtirilgan matbuot anjumanida Angela Merkelning Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Germaniyaga bo’lgan tashrifi chog’ida uchrashuv o’tkazib o’tkazmasligi haqidagi savolga qarshi, Merkelning dasturi haqidagi ma’lumotlarni printsipial ravishda uchrashuvlardan bir hafta oldin ma’lum qilishlarini eslatgan holda, Turkiya bilan Germaniyaning bir necha tarmoqda yaqin va muhir sherik ekanligini ifoda etdi. Ortidan Turkiya bilan bo’lgan uchrashuvlarga Germaniyaning katta qiziqishi borligini bildirdi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Heiko Maas esa Albaniya Tashqi ishlar vaziri Ditmir Bushati bilan o’tkazgan uchrashuvi ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.

Maas bir jurnalistning, “Prezident Erdo'g’anning amaliy tashrif bilan Berlinga kelishi qayd etilmoqda. Tashrifining esa rasmiy marosim bilan kutib olinishi esa tanqid ostida. Siz bunga qanday qaraysiz” degan savoliga Maas,

“Albatta bir mamlakatning prezidentligi uchun saylangan kishiga loyiq ravishda muomala qilinishi kerak degan fikrdaman” deya javob berdi.

Germaniya matbuoti Prezident Erdo'g’anning shu yilning sentabr oyi oxirida amaliy tashrif bilan Germaniyada bo’lishini iddio qilgan edi.

Aytib o’tish joizki Germaniyaning Prezidentlik apparati tarqatgan ma’lumotga tayangan ba’zi ma’lumotlarda, Prezident Frank-Walter Steinmeier Prezident Erdo'g’anni ancha oldin Germaniyaga taklif qilgan lekin tashrif kunining hali hanuz noma’lum ekanligi ifoda etilgan.

 



Aloqador xabarlar