Rossiyalik delegatsiya Turkiya, Iordaniya va Livanda suriyalik qochqinlar taqdirini muhokama qiladi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’yguning buyrug’i bilan Iordaniya, Livan va Turkiyaga jo’nab ketgan delegatsiya suriyalik qochqinlarni o’z vataniga qaytarish bilan bog’liq masalani batafsil muhokama qiladi.

1019842
Rossiyalik delegatsiya Turkiya, Iordaniya va Livanda suriyalik qochqinlar taqdirini muhokama qiladi

Rossiya suriyalik qochqinlar masalasini hal qilish uchun Turkiya, Iordaniya va Livanga delegatsiya jo’natdi.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi mahalliy nazorat markazi rahbari Mihail Mizintsev ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, suriyalik qochqinlarni o’z vataniga qaytarish masalasini hal qilish uchun Iordaniya, Livan va Turkiyaga bir guruh delegatsiya yuborilgan.

“Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’yguning buyrug’i bilan Iordaniya, Livan va Turkiyaga jo’nab ketgan delegatsiya suriyalik qochqinlarni o’z vataniga qaytarish bilan bog’liq masalani batafsil muhokama qiladi”,-deyiladi ma’lumotda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Suriya , #qochqin , #delegatsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar