Kanadaning Toronto shahrida otishma sodir bo’ldi

Otishmada 2 kishi halok bo’ldi, 13 kishi jarohatlandi.

1017274
Kanadaning Toronto shahrida otishma sodir bo’ldi

Kanadaning Toronto shahrida otishma sodir bo’ldi.

Otishmada 2 kishi halok bo’ldi, 13 kishi jarohatlandi.

Bu voqea yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00da Danforth va Logan ko’chalari tutashgan va Yunon mahallasi deb ham atalgan ko’chada ro’y bergan.

Politsiyadan olingan ma’lumotga ko’ra, otishmada 2 kishi halok bo’lgan, bulardan biri otishmani sodir etgan shaxs. 13 kishi otishmada jarohatlangan. Yaradorlardan biri yosh bola.

Toronto politsiya boshqarmasi yetakchisi Mark Saunders ma’lum qilishicha, otishmada jarohat olgan bir ayol shifoxonada olamdan o’tgan, yarador qizning ahvoli esa, og’ir.

Politsiya boshqarmasi kotibi Mark Pugashning ta’kidlashicha, ushbu jinoyat terrorchilik harakatimi yoki yo’qmi? degan savolga javob berishga hali erta.

“Toronto Star”ga intervyu bergan guvohlarning aytishicha, qora kiyimda bo’lgan bir kishi atrofga o’q uza boshlagan. Taxminan 20 marta o’q uzilgan.

 Aprel oyida yana Toronto shahrida bir ayol mashinasini olomon ichiga surib borgan edi, bu voqeada 10 kishi halok bo’lgandi.

Hodisa tafsilotlari va hujum qilgan shaxs haqidagi ma`lumotlar hozircha yo'q.


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #otishma , #Toronto

Aloqador xabarlar