Finlyandiya gazetasi Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuviga doir ochiq xat e'lon qildi

"Bu uchrashuv nafaqat ikki mamlakat uchun, balki butun dunyo uchun ham muhim",-deb yozdi “Helsingin Sanomat” gazetasi.

1012736
Finlyandiya gazetasi Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuviga doir ochiq xat e'lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuviga mezbonlik qiladigan Finlyandiyada “Helsingin Sanomat” gazetasi ikki yetakchining Xelsinkidagi uchrashuviga doir ochiq xat e’lon qildi.

Ochiq xat fin, rus va ingliz tillarida chop etildi.

“Yuqori darajada o'tkaziladigan uchrashuv Finlyandiya xalqining yodiga o'tgan yillardagi ana shunday uchrashuvlardan birini soladi”,-deb yozadi muallif.

Qolaversa, Xelsinkidagi uchrashuvlar yakunida davlatlar rahbarlarining yuzlarida tabassum paydo bo'lganini qayd etishadi.

Faqat ochiq xatda 16 iyulda poytaxt Xelsinkida bo’lib o’tadigan Putin va Tramp uchrashuvining natijasini avvaldan taxmin qilish oson emasligi, chunki oxirgi paytlarda Rossiya hamda AQShda ishlar tezkor o’zgarib borayotganligi qayd etilgan.

Mualliflarning fikricha, Rossiya va AQSh munosabatlarining doimiy beqarorligidan hech kim foyda ko’rmaydi.

Shu sababli, bu uchrashuv nafaqat ikki mamlakat uchun, balki butun dunyo uchun ham muhim ekanligi ta’kidlandi.

Jurnalistlar davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunlari haqida oldindan biror narsa aytish qiyin deb hisoblashadi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya va AQSh rahbarlarining uchrashuvi ertaga 16 iyul dushanba kuni Xelsinkida bo'lib o'tadi.

 

 



Aloqador xabarlar