Usama Bin Ladinning qo’riqchisi Germaniyadan deport qilindi

Ma’lumotga ko’ra, Sami A. ismli shaxs bugun tongda deport qilingan va Tunis maqomlariga topshirilgan.

1012029
Usama Bin Ladinning qo’riqchisi Germaniyadan deport qilindi

Germaniya bir paytlar Al Qoidaning yetakchisi Usama Bin Ladinning qo’riqchisi bo’lib ishlaganligi iddao qilingan tunislik Sami A.ni deport qildi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi vakili Annegret Korff ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Sami A. ismli shaxs bugun tongda deport qilingan va Tunis maqomlariga topshirilgan.

Ichki ishlar vazirligi bu voqeada Shimoliy Ren Vestfalya shtati maqomlarini qo’llab quvvatlaydi.

Xorijliklar qonuniga ko’ra, bir kishini deport qilib yoki qilmaslik shtatning mas’uliyatida.

Germaniya mediasida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Gelsenkirchen idoriy mahkamasi Sami A.ni og’ir qiynoqqa solmaslik bo’yicha Tunis tomonidan kafolat berilmagan. Shu sababli Sami A. xozircha mamlakat hududlaridan chiqarib yuborilmagan.

Kecha mahkama tomonidan berilgan qarornoma bugun tongda Federal migratsiya va qochqinlar boshqarmasiga yetkazilgan. Biroq, Sami A. allaqachon deport qilingan.

Annegret Korff mahkamaning qaroriga doir, deport xususidagi qarorni berish mas’uliyati Shimoliy Ren Vestfalya shtati zimmasida ekanligini, batafsil ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

Sami A. 1997 yildan beri Germaniyada yashab keladi. U 2005 yildan e’tiboran, oilasi bilan birga Bochum shahrida istiqomat qiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #Al Qoida , #Usama Bin Ladin

Aloqador xabarlar