Bugun Qoradengizda “Sea Breeze-18” qo’shma harbiy mashg’ulotlari boshlandi

Ukraina mezbonligida amalga oshiriladigan mashg’ulotlarda 17 mamlakatning dengiz kuchlari ishtirok etmoqda.

1008509
Bugun Qoradengizda “Sea Breeze-18” qo’shma harbiy mashg’ulotlari boshlandi

Qoradengizda Ukraina mezbonligida “Sea Breeze-18” qo’shma harbiy mashg’ulotlari o’z ishini boshladi.

Mashg’ulotlarda 17 mamlakatning dengiz kuchlari ishtirok etmoqda.

Bu haqda Turkiya Dengiz kuchlari qo’mondonligining rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, Odessa portidan boshlanib, Qoradengizda amalga oshiriladigan mashg’ulotlar 17 iyulgacha davom etadi. Qo’shma harbiy  mashg’ulotlar tinchlikni qo’llab quvvatlash harakati va dengiz xavfsizligi bo’yicha mashg’ulotlarda ishtirok etayotgan mamlakatlarning dengiz kuchlari o’rtasida hamkorlikda ish olib borishni maqsad qiladi.

Mashg’ulotlarda Turkiya dengiz kuchlari qo’mondonligidan “TCG Yovuz” kemasi, “TCG Yildiray” suv osti kemasi, xalqlararo dengiz xavfsizligi mukammallik markazi (MARSEC COE) mobil malaka oshirish brigadasi va 3 qarorgoh ofitseri ishtirok etmoqda.

Qo’shma harbiy mashg’ulotlarda Turkiya, AQSh, Bolgariya, Kanada, Gruziya, Litva, Moldova, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Daniya, Estoniya, Ukraina va Yunoniston ishtirok etmoqda.

 



Aloqador xabarlar