Hasan Ruhoniy Yevropadagi uchrashuvlarini baholadi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy yadroviy dastur to’g’risidagi shartnomaning davom etishi uchun Yevropa davlatlarining amaliy qadamlar tashlashlari kerakligini qayd etdi.

1008151
Hasan Ruhoniy Yevropadagi uchrashuvlarini baholadi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa davlatlarining yadroviy dastur to’g’risidagi shartnomaning davom etishi borasida siyosiy qarorlilikka ega ekanligini lekin buning ma’lum jarayonda yo’lga qo’yilishi uchun amaliy qadamlar tashlashlari kerakligini qayd etdi.

Eronning Prezidentintlik apparati internet saytida tarqatilgan ma’lumotga ko’ra Ruhoniy poytaxt Tehronda Majlis raisi Ali Larijoniy va Oliy sud raisi Sodiq Larijoniy bilan yig’ilish o’tkazib unda, Yevropadagi uchrashuvlarini baholagan.   

Yig’ilishda bandlikni oshirish, ishlab chiqarish va kapital bozorini mustahkamlash bo’yicha ba’zi qarorlar qabul qilingan.

Aytib o’tish joizki Prezident Ruhoniy Shveytsariya va Avstriyada rasmiy uchrashuvlar o’tkazgan edi.  

Amerika Qo’shma Shtatlari yadroviy dastur to’g’risidagi shartnomadan chiqishi ortidan Yevropa davlatlarining mazkur shartnomani davom ettirishi uchun qarorli qadamlar tashlashi kerakligini xohlagan Tehron boshqaruvi, talablariga javob berilmagudek bo’lsa unda shartnomadan Eronning ham voz kechishi mumkinligini ifoda etmoqda.

 



Aloqador xabarlar