Yaman Rejalashtirish va Xalqaro Hamkorlik vaziri es-Saidi,Turkiya haqida maqtov bilan bahs etdi

Yaman Rejalashtirish va Xalqaro Hamkorlik vaziri Muhammed Sadi es- Saidi,Turkiyaning o'lkasini qo'llab quvvatlashidan maqtov bilan bahs etdi.

1006117
Yaman Rejalashtirish va Xalqaro Hamkorlik vaziri es-Saidi,Turkiya haqida maqtov bilan bahs etdi

Yaman Rejalashtirish va Xalqaro Hamkorlik vaziri Muhammed Sadi es- Saidi,Turkiyaning o'lkasini qo'llab quvvatlashidan maqtov bilan bahs etdi.

Yaman rasmiy xabar agentkligi SABAning ma'lumotlariga ko'ra Saidi, Saudiya Arabistonining poytaxti Riyodda Turkiyaning Sana favqulodda elchisi Levent Eler bilan uchrashgan.

Ushravushda, Yamanni qayta qurish va urushdan keyingi jarayonda ikki davlat o'rtasida hamkorlik qilish mavzusi muhokama qilindi.

Saidi, Turkiyaning, 3 yildan beri ichki zinoh bo'lgan Yamanni uzluksiz dastaklaganini eslatdi. Ushbu yordamlardan xursand bo'lganliklarini ifoda etgan Saidi, Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Favqulodda elchi Eler ham Turkiyaning Yaman boshqaruvi, hukumati va xalqini qo'llab-quvvatlashga davom etishiga diqqat qaratib, o'lkasining taraqiyoti va rivojlanishini dastaklashning ahamiyatli bo'lganini bildirdi.

Turkiya, uzoq muddatdan beri o'lkasidagi to'qnashular tufayli hayot shartlari og'irlashgani va infratuzilma katta zarar ko'rgan Yamandagi ko'p viloyatda Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi (TIKA), Turk Qiziloyi va Turkiya Diyonat Fondi kabi tashkilotlar orqali yordam loyihalarini hayotga tatbiq etib kelmoqda.

Uzoq muddatdan beri siyosiy muvozanatsizlik davom etgan Yamanda, Husilar bilan mavjud boshqaruvga bog'li kuchlar o'rtasida to'qnashuv bor. Husilar, 2014-yil Sentyabr oyidan beri poytaxt Sana va ayrim hududlarni nazorat qilmoqda, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari esa 2015-yil Mart oyidan beri Husilarga qarshi Yaman hukumatini qo'llab-quvvatlamoqda.



Aloqador xabarlar