Kun tahlili 27-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida rejim kuchlarining Suriya to’ntarishi boshlagan Dera mintaqasiga qaratilgan hujumlari haqida so’z qilamiz.

1006614
Kun tahlili 27-qism

Suriyaning janubida Rossiya va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan Bashar al-Asad rejimining Deraga qaratilgan hujumlari davom etmoqda. Suriyalik muxolafat guruhning qal’alaridan biri hisoblangan va Suriya to’ntarishi boshlagan Dera mintaqasiga qaratilgan hujumlar yordamida rejim kuchlari katta yutuqlarga erishar ekan tinch aholi Iordaniya chegarasi tomon yo’l olgan vaziyatda. Iordaniyaning chegara darvozalarini ochmasligi bilan birgalikda Iordaniya-Suriya chegarasida dahshatli gumanitar buhron, insoniy fojia yuz bermoqda. Suriyalik harbiy muxolafatning rejim oldida birgalikda faoliyat olib borolmasligi va ba’zi guruhlarning Rossiyaning o’rtamchiligi yordamida rejim bilan kelishib olishi natijasida bir necha shahar urush-janjalsiz rejim kuchlarining nazorati ostiga o’tdi. Janubiy Suriyadagi vaziyatning boshqa bir jihati esa Isroil-Eron tarangligidir. Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan xalq militsiyalarining Isroil chegarasiga yaqinlashishi, ikkala mamlakat o’rtasidagi sovqulikning avj olishiga yo’l ochmoqda.  

Shu yilning iyun oyining boshlarida Bashar al-Asad rejimining Deraga qarshi amaliyot boshlatishi uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi haqidagi ma’lumotlar tarqagan edi. Ortidan rejimning harbiy ma’nodagi tayyorgarliklari va mintaqaga o’tishlari amaliyotdan xabar berayotgandek edi desak mubolag’a bo’lmaydi. Derada rejim kuchlari va Suriya muxolafati o’rtasida o’tgan yillarda jiddiy ravishda to’qnashuv va urushlar bo’lmadi. Chunki Rossiya va AQSh mintaqaga qarshi til biriktirib, mintaqani deeskalatsiya zonasi deya tan olgan. Faqat rejim mazkur amaliyotlarini boshlar chog’ida amerikalik rasmiylarning suriyalik muxolafatni himoya qilmasligi va siyosiy jihatdan yordamini to’xtatishi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida o’rin oldi. AQShning Iordaniyadagi elchixonasi tomonidan suriyalik muxolafat guruhlarning liderlariga yuborilgan bayonotda barcha shartnomalar va gap-so’zlarga qaramay AQShning Rossiya va rejim kuchlari oldida muxolafatni himoya qilmasligi ma’lum qilingan edi. Deraga qarshi Rossiya va Bashar al-Asad rejimining havo hujumlari boshlashi ortidan, Rossiyaning Xmeymim bazasidan Deraning deeskalatsiya zonasidan chiqarilganligi haqida bayonot berildi.    

Deraning anchadan beri nisbatan tinchlik va totuvlik ichida ekanligi tufayli mintaqa xalqining yirik qismi o’z uy-joylarida istiqomat qilayotgan edi. Lekin Rossiya, Eron va Asad rejimining Deraga qarshi amaliyot boshlatishi va havo hujumi uyushtirishi mintaqa aholisining ko’pchiligining ko’chishiga yo’l ochdi. Shu doirada hozirgacha 270 mingdan ortiq inson o’z uy-joyini tark etgan vaziyatda. Ular orasida 40 ming suriyalikning Iordaniya chegarasiga yetib borib, Iordaniyaga kirishga harakat qilganligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qayd etilmoqda. Iordaniyaning 650 ming suriyalik muhojirni qabul qilishi ortidan, suriyalik muhojirlar uchun yangi yopiq darvoza siyosati yo’lga qo’yilmoqdadir. Iordaniya chegara darvozasi ortidagi suriyaliklar uchun gumanitar yordam kompaniyasi uyushtirishiga qaramay, rejim kuchlarining Dera tomon ilgarilashi tinch aholini yirik xavf ostida qo’ydi.  Xo’lbuki BMT Iordaniyani darvozalarini ochishga chaqirgan edi.  

Harbiy jihatdan Derada Rossiya, Eron va Bashar al-Asad rejimi kuchlari bilan suriyalik muxolafat o’rtasida urush davom etmoqda. Rejim kuchlarining tezlik bilan Lajat mintaqasini qo’lga kiritishi ortidan bir necha suriyalik muxolafat guruh Rossiyaning o’rtamchiligi orqali rejim kuchlari bilan kelishib oldi. Dael, Bosra al-Shom va Ibda shaharlaridagi muxolafat qo’lidagi qurollari va shaharni rejim kuchlariga topshirdi. Ikkinchi tomondan Rossiyaning havodan qo’llab-quvvatlashi va AQShning o’z yordamini to’xtatishi, qurol orqali qarshilik ko’rsatishga davom etishi suriyalik muxolafatni rejim kuchlari oldida ancha zaiflatmoqdadir.

Janubiy Suriyadagi vaziyat ta’sirida qolgan ikkinchi davlat esa Isroildir. Isroilning amaliyotdan oldin Rossiya bilan uchrashuv o’tkazib, Eron va Eronni qo’llab-quvvatlagan xalq militsiyalarining amaliyotda ishtirok etmasligi borasida shartnoma tuzganligi ma’lumdir. Lekin o’rtadagi vaziyat Eron va Eronni qo’llab-quvvatlagan xaql militsiyalarining amaliyotda ishtirok etganligini ko’rsatmoqda. Isroilning bir necha marotaba Eron va Eronni qo’llab-quvvatlagan kuchlarga qarshi havo hujumi uyushtirganligi va Eron tarafdorlarining Isroil chegarasiga yaqinlashishi, ikkala mamlakat o’rtasida yangi taranglikning paydo bo’lishiga yo’l ochishi mumkin.

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA tadqiqotchisi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar