XMT: “Iroqdagi ichki migrantlar soni 5.8 milliondan 2 millionga tushdi”.

Xalqaro Migratsiya tashkiloti hisobotiga ko’ra Iroqdagi ichki migrantlar soni 5.8 milliondan 2 millionga tushgan.

1001120
XMT: “Iroqdagi ichki migrantlar soni 5.8 milliondan 2 millionga tushdi”.

Iroqda DEASh terror tashkilotining hujumlari yuzasidan o’z uy-joylaridan mahrum bo’lgan 5.8 million kishining qariyb uchdan ikki bo’lagi uylariga qaytdi.

Xalqaro Migratsiya tashkiloti hisobotiga ko’ra Iroqdagi ichki migrantlar soni 5.8 milliondan 2 millionga tushgan.

Hisobotda ichki migrantlarning eng ko’p (1.4 million) Mosulga qaytganligi qayd etildi. Mosuldan keyin Enbar (1.2 million) va Salohiddinga (534million) qaytilgan.

Bu yil 590 ming kishining o’z uy-joylariga qaytganligi eslatilgan hisobotda, shu bilan birga ba’zi muhim to’siqliklar tufayli qaytishlarning tezligida pasayish kuzatilganligiga e’tibor qaratildi.

Hisobotga ko’ra qaytilgan mintaqalardagi yirik halokat, u yo’l ochgan boshpana muammosi, xavfsizlik muammolari va ish imkonlarining kamligi bu to’siqliklardan ba’zilari hisoblanadi.

Infratuzilma faoliyatlari, yashash shart-sharoitining qo’llab-quvvatlanishi va asosiy xizmatlarga erishish imkonlarining ta’minlanishi olib boriladigan loyihalar ro’yhatida o’rin olgan.

Xalqaro Migratsiya tashkiloti qaytish mintaqalarida xalqning integratsiya bo’lishiga yordam beradigan loyihalarning Iroq hukumati bilan hamkorlikda amalga oshirlajagini ma’lum qildi.

Iroq hukumati DEASh tomonidan yo’l ochilgan yirik vayronagarchilikning qayta tiklanishi uchun 88 milliard AQSh dollariga ehtiyoj borligini bildirgan edi.

DEASh terror tashkiloti 2014-yilning iyun oyida Iroqning uchdan bir bo’lagiga teng kelgan Mosul, Enbar va Salohiddin viloyatlari bilan Diyala va Kerkukning bir bo’lagini bosib olgan edi.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy og’ir harbiy amaliyotlar natijasida 2017-yilning 18-dekabri kuni DEASh terror tashkilotining mamlakatdagi borligini yo’q qilganligini e’lon qilgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar