Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani Tolibon radikal harakatini tinchlikka chaqirdi

Ashraf G’ani poytaxt Kobulda tinchlik sho’rosi a’zolari bilan uchrashuvda “Biz tinchlik tarafdorimiz, xalqimiz tinchlik xohlaydi”,-dedi.

1001002
Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani Tolibon radikal harakatini tinchlikka chaqirdi

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani Tolibon radikal harakatini tinchlikka chaqirdi.

Ashraf G’ani poytaxt Kobulda tinchlik sho’rosi a’zolari bilan uchrashuvda “Biz tinchlik tarafdorimiz, xalqimiz tinchlik xohlaydi”,-dedi.

“Tinchlik taklifini qabul qilish Allohning qonunlariga amal qilish demakdir”,-dedi Ashraf G’ani.

U Tinchlik jarayonini yanada mustahkamlash uchun kimda biron reja bo’lsa Tinchlik sho’rosiga bildirishini iltimos qildi.

Ramazon bayrami arafasida Tolibon bilan tuzilgan o’t ochishni to’xtatish qarori ikki tomon uchun ham ijobiy natija olib kelganligini tilga olgan Ashraf G’ani: “Tolibon qachon va qayerda tinchlik muzokaralarini boshlamoqchi bo’lsa, biz bunga tayyormiz. Bizning hech kimdan saqlaydigan sirimiz yo’q”,-dedi.

Tolibonning mantiqli barcha talablarini qabul qilishini ma’lum qilgan Ashraf G’ani bu taklifga Tolibondan javob kutishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Ashraf G‘ani , #Tolibon

Aloqador xabarlar