Isroil Damashqdagi xalqaro aeroport atrofiga qarshi hujumi uyushtirdi

Isroil Suriya poytaxti Damashqdagi xalqaro aeroport atrofiga qarshi raketa hujumi uyushtirdi.

999980
Isroil Damashqdagi xalqaro aeroport atrofiga qarshi hujumi uyushtirdi

Isroil Suriya poytaxti Damashqdagi xalqaro aeroport atrofiga qarshi raketa hujumi uyushtirdi.

Suriyada Bashar al-Asad rejimiga qarashli SANA axborot agentligi tomonidan yarim kechasi tarqatilgan ma’lumotda Isroilga oid 2 ta raketaning Damashqdagi xalqaro aeroport atrofiga tushganligi ifoda etildi.

Damashqning janubida o’rin olgan Dera tumanidagi Anado’lu axborot agentligining ma’lum qilishicha Asad rejimiga oid mudofaa tizimlari hujumni uyushtirgan uchoqqa qarshilik ko’rsatish niyatida bitta raketa otgan lekin Isroil armiyasi mazkur raketani Dera tumani samolarida yo’q qilishga ulgurgan.

Buning ustiga rejim takror raketa otar ekan Isroil urush uchoqlari raketa otilgan platformani nishonga olgan.

Hujum ortidan Isroil uchoqlari mamlakatning janubi-g’arbidagi Dera va Kuneytra samolarida uzuq vaqtgacha uchib yurgan.

Isroil rasmiylari tomonidan bu haqida hali hanuz hech qanday bayonot berilmadi.

Aytib o’tish joizki Isroil oxirgi 3 oy ichida Suriyaning Humus, Kuneytra, Dera va Damashq viloyatlari ichidagi rejim va uni qo’llab-quvvatlagan Eronga oid harbiy nuqtalarga qarshi hujum uyushtirgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Suriya , #Damashq , #raketa hujumi

Aloqador xabarlar