Saudiya Arabistonida ayollar birinchi bor mashina haydash huquqiga ega bo'ldi

Saudiya Arabistonida ayollarga transport vositalarini boshqarishga berilgan ruxsat bugun kuchga kirdi.

998309
Saudiya Arabistonida ayollar birinchi bor mashina haydash huquqiga ega bo'ldi

Saudiya Arabistonida ayollarga transport vositalarini boshqarishga berilgan ruxsat bugun kuchga kirdi.

Shu munosabat bilan mamlakat bo’ylab ayollar shaxsiy mashinalarini boshqargancha ko’chaga chiqdilar.

Eslatish joizki, Saudiya Arabistonidagi islom olimlari tomonidan diniy sabablar bilan ayollarga mashina boshqarish taqiqlangan edi.

10 yillab davom etgan bu taqiqlovdan so’ng, ayollarga berilgan mashina haydash ruxsati bugun rasman kuchga kirdi.

Ihbariyya va Al Arabiya telekanallari mamlakatda birinchi bor ko’chalarda mashina boshqarayotgan ayollarning tasviriga o’rin berdi.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz 26 sentyabrda ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmon chiqargan edi.

Bugun 24 iyun kuni rasman kuchga kirgan ushbu farmonga binoan, ayollarning ham haydovchilik guvohnomasi olib, mashina haydash huquqiga ega bo’lishi e’lon qilingan edi.

Bungacha Saudiya Arabistoni ayollarga mashina haydashni taqiqlagan dunyodagi yagona davlat bo’lib qolayotgan edi.

Saudiya Arabistonining 2030 yil vizyoni ayollarning jamiyatda tutgan o’rnini 22 foizdan 30 foizgacha chiqarishni maqsad qiladi. Shuningdek, bu jarayonda mamlakatda ayollarning ijtimoiy maqomi ham o’zgarmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar