Europol, Yevropadagi terror hujumlarida ortish kuztilganligini qayd etdi

Europol tomonidan Yevropa ittifoqidagi terrorizmning vaziyati haqida hisobot chop etildi. Shunga ko’ra Yevropadagi terror hujumlarida ortish kuztilgan.

996604
Europol, Yevropadagi terror hujumlarida ortish kuztilganligini qayd etdi

Yevropada terror hujumlari 2017-yili 2016-yilga nisbatan 45 foizga ortdi.

Yevropa ittifoqi davlatlari politsiya tashkiloti-Europoltomonidan Yevropa ittifoqidagi terrorizmning vaziyati haqida hisobot chop etildi.

Hisobotda Yevropada avvalgi yillarga qaraganda 2017-yili terror hujumlarining 45 foizga ortganligi va bunga qarshi hujumlarda jon berganlar sonida 50 foizga kamayish kuzatilganligi ma’lum qilindi.

Hisobotga ko’ra 2017-yili Yevropa davlatlarida 205 marotaba terror hujumi yuz berar ekan buning oqibatida 68 kishi jon berib, 844 kishi tan jarohati olgan.

Yevropaning 9 ta davlatida uyushtirilgan hujumlarning yarmidan ko’pi yani 107 ta hujum Birlashgan Qirollikda qayd etilar ekan Fransiyada 54, Ispaniyada 16, Italiyada 14, Gretsiyada 8, Germaniya va Belgiyada 2 marotadan, Finlandiya va Shvetsiyada bir marotadan hujum uyushtirilganligi ma’lum bo’lgan.  

O’tgan 2017-yili terror ayblovlari yuzasidan 975 kishi nazorat ostiga olinar ekan ulardan 438 nafarining 20-25 yosh oralig’ida ekanligi aniqlangan. Nazorat ostiga olinganlarning 411 nafari Fransiyada qayd etilar ekan, Angliyadada 168, Ispaniyada 91, Germaniyada 58, Avstriyada 48, Italiyada 39, Gollandiya 35, Daniyada 17 va Gretsiyada 15, Bolgariyada 14, Finlandiyada 9, Vengriya, Polsha va Ruminiyada 2 nafardan, Chexiya, Portugaliya va Shvetsiyada 1 kishidan nazorat ostiga olingan.  

Hisobotda shuningdek,

“Yevropa haligacha terror nishonida. Terrorizm butun dunyo va odam bolasi uchun xavf tashkil etmoqda. Shuning uchun ham birgalikda faoliyat olib borishni davom ettirishimiz darkor” degan ifodalarga o’rin berilgan.

Hujumning ko’pchiligi hatto 67 foizining separatistlar tomonidan uyushtirilganligi qayd etilar ekan, 16 foizining DEASh terror tashkiloti bilan aloqasi bor terroristlar, 12 foizining chap qanot guruhlar, 2 foizining o’ta ong qanot guruhlar va 3 foizining esa noma’lum kishilar tomonidan uyushtirilganligi ma’lum qilindi.

DEASh terror tashkiloti hujumining avvalgi yilga qaraganda 50 foizdan ham ortganligi ifoda etilgan hisobotda, hujumlarning ko’pchiligining yakka va havaskorona ijro etganligi ta’kidlangan.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa , #Europol , #terror hujumlari

Aloqador xabarlar