Bugun Kolumbiyada prezident saylovlarining 2-bosqichi bo'lib o'tmoqda

2-bosqichga saylovchilarning 39,14 foiz ovozi bilan “Demokratik markaz” partiyasi nomzodi Ivan Duke va 25,08 foiz ovoz bilan uning so'l kuchlardan raqibi Gustavo Petro chiqqandi.

993694
Bugun Kolumbiyada prezident saylovlarining 2-bosqichi bo'lib o'tmoqda
kolombiya seçim.jpg

Bugun, 17 iyun yakshanba kuni Kolumbiyada prezident saylovlarining 2-bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Saylovning 2-bosqichida ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 08:00da boshlandi va 16:00gacha davom etadi.

Saylovlarning 1-bosqichi 27 may kuni bo'lib o'tgandi. Uning yakunlariga ko'ra, 2-bosqichga saylovchilarning 39,14 foiz ovozi bilan “Demokratik markaz” partiyasi nomzodi Ivan Duke va 25,08 foiz ovoz bilan uning so'l kuchlardan raqibi Gustavo Petro chiqqandi.

Saylovlardan 10 kun avval o'tkazilgan Lotin Amerikasi strategik geosiyosati markazi anketasining ko'rsatishicha, saylovchilarning 45,5 foizi Dukega, 40 foizi Petroga ovoz berishga tayyor.

Kolumbiyada hammasi bo'lib 36,2 mlndan ko'proq fuqaro ovoz berish huquqiga ega.

Saylovlar munosabati bilan 16 iyundan 18 iyun ertalabgacha mamlakatda namoyishlar o'tkazish hamda spirtli ichimliklar iste’mol qilish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Kolumbiya hukumati saylovlar o'tkazilishi vaqtiga qo'shni Venesuela bilan chegarani yopishga qaror bergan.

 



Aloqador xabarlar