Tailandda 2016 yilda vafot etgan qirolning mol-mulki yangi qirol Maha Vajiralongkornga o'tkazildi

Marhum qirol Bhumibol Adulyadejning shaxsiy boyligi qirollik hazinasidagi mol-mulki bilan birga 30 mlrd dollar ekanligi taxmin qilinmoqda.

993738
Tailandda 2016 yilda vafot etgan qirolning mol-mulki yangi qirol Maha Vajiralongkornga o'tkazildi

Tailandda 2016 yilda vafot etgan sobiq qirol Bhumibol Adulyadejga tegishli mol-mulklar yangi qirol Maha Vajiralongkornga o'tkazildi.

Qirollik mulklari byurosi ma'lum qilishicha, qirollik hazinasida ushlab turilgan marhum qirol Bhumibol Adulyadejga tegishli mol-mulklarni yangi qirolning shaxsiy hisobiga o'tkazish jarayoni yakunlandi.

Yangi qirol Maha Vajiralongkornga oid bo'lgan barcha mol-mulklar bundan buyon byuro tomonidan qirollik hazinasi sifatida boshqarilishi ma'lum qilindi.

Qirol Maha Vajiralongkorn 2016 yilda otasining vafotidan so'ng taxtga o'tirgan edi.

Forbes jurnali sobiq qirol tirikligida e'lon qilgan dunyoning eng badavlat shaxslari ro'yxatida Bhumibol Adulyadejning shaxsiy boyligi qirollik hazinasidagi mol-mulki bilan birga 30 mlrd dollar ekanligini taxmin qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tailand , #qirol , #mol-mulki , #Bhumibol Adulyadej

Aloqador xabarlar