Londonda “Quddus kuni” deb nomlangan yurish tashkil etildi

Buyuk Britaniyaning poytaxti Londonda Inson huquqlari bo’yicha islomiy komissiya va bir necha Nodavlat notijorat tashkilot tomonidan “Quddus kuni” deb nomlangan yurish tashkil etildi.

990009
Londonda “Quddus kuni” deb nomlangan yurish tashkil etildi

Buyuk Britaniyaning poytaxti Londonda Inson huquqlari bo’yicha islomiy komissiya va bir necha Nodavlat notijorat tashkilot tomonidan“Quddus kuni” deb nomlangan yurish tashkil etildi.

Yurishda qariyb 10 ming kishi ishtirok etdi.

Saudiya Arabistonining London elchixonasi oldida boshlagan yurishda Isroil va Amerika Qo’shma Shtatlari bilan birga Buyuk Britaniyaning ham Falastin siyosatini tanqid qilgan shiorlar yozilgan plakatlar olib chiqildi.  

Maydonda qariyb 30 kishilik Isroil tarafdori ham yig’ildi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpni qo’llab-quvvatlagan shiorlar yozilgan plakatlar ko’targan ba’zi AQSh fuqarolari bilan o’ta o’ng qanot guruh Falastinni qo’llab-quvvatlagan namoyishchilarga og’zaki va jismoniy shaklda qarshilik ko’rsatdi.

O’ta o’ng qanot guruh 13 oy oldin ozodlikdan mahrum qilingan islom dini va immigrantlarga qarshi aktivist Tommy Robinsonni ham qo’llab shiorlar aytdi.

Politsiya xodimlari bilan ham tortishgan o’ta o’ng qanot guruhning ba’zi a’zolari nazorat ostiga olindi.

 



Aloqador xabarlar