Afg’onistondagi xudkushlik hujumi ko’pchilik umriga zomin bo’ldi

Afg’oniston poytaxti Qobulda Qishloq xo’jaligi vazirligining kiraverishida uyushtirilgan xudkushlik hujumida 12 kishi jon berdi.

990283
Afg’onistondagi xudkushlik hujumi ko’pchilik umriga zomin bo’ldi

Afg’oniston poytaxti Qobulda Qishloq xo’jaligi vazirligining kiraverishida uyushtirilgan xudkushlik hujumida 12 kishi jon berdi.

Xavfsizlik xodimlari xudkushning ustidagi bombani vazirlik kiraverishida, vazirlik xodimlarining ishdan chiqish vaqtida portlatganligini ma’lum qildi.

Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda hujum oqibatida 12 kishining jon berganligi va 31 kishining tan jarohati olganligi qayd etildi.

Guvohlar esa hujumda jon berganlar sonining yana-da ko’p ekanligini ilgari surdi.

Hujumni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olgani yo’q.


Tanlangan kalimalar: #Afg’oniston , #Qobul , #xudkushlik hujumi

Aloqador xabarlar