Mahmud Abbos Falastinning yangi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi uchun 7 shartnoma imzoladi

Mahmud Abbos Falastinning xalqaro tashkilotlarga to’liq a’zo bo’lishi uchun belgilangan shartlarni tamomlashga va buni amalda qo’llashga doir tashqi ishlar vazirligiga buyruq berganligi ma’lum qilindi.

987826
Mahmud Abbos Falastinning yangi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi uchun 7 shartnoma imzoladi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Falastinning yangi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi uchun 7 shartnoma imzoladi.

Bu haqda Falastin rasmiy xabar agentligi VAFA ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Mahmud Abbos xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish maqsadida o’lim jazosining bekor qilinishiga doir protokol bilan bir qatorda, jami 7 ta shartnomaga imzo chekdi.

Mahmud Abbos Falastinning xalqaro tashkilotlarga to’liq a’zo bo’lishi uchun belgilangan shartlarni tamomlashga va buni amalda qo’llashga doir tashqi ishlar vazirligiga buyruq berganligi ma’lum qilindi.

Xabarda ushbu shartnomalarning tafsilotlariga doir ma’lumot berilmadi.

Mahmud Abbos AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko’chirilishiga e'tiroz bildirish maqsadida avvalroq Falastinning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishiga zamin yaratadigan 22 shartnoma va bitimlarga imzo chekkan edi.

Eslatma: Falastin 2012 yilda BMTda “a’zo bo’lmagan kuzatuvchi davlat” statusini qo’lga kiritishi bilan o’ndan ortiq tashkilotga a’zo bo’lgan edi.

 



Aloqador xabarlar