Iordaniyada munozarali soliq qonuniy noroziligi 7- kunini ortda qoldirdi.

Iordaniyaning poytaxti Ammanda, daromad qonuniga qarshi kecha norozilik namoyish uyushtirildi.

987301
Iordaniyada munozarali soliq qonuniy noroziligi 7- kunini ortda  qoldirdi.

Iordaniyada munozarali soliq qonuniy noroziligi 7- kunini orqada qoldirdi.  

 Iordaniyaning poytaxti Ammanda, daromad qonuniga qarshi kecha norozilik namoyish uyushtirildi.

Hukumat binosi bo’lgan Ed- Duvvar Er- Rabi hududida yig’ilgan namoyishchilar, hukumatning olgan qarorlarini  qoralagan shiorlar berdi.

O’lkaning janubidagi  Al- Kerak va shimolidagi Irbid va Er Remse shaharidagi namoyishlarda esa, politsiya keng ko’lamli xavfsizlik chora- tadbirlari oldi.

   Kasabakorlar  uyushmalari, munozarali daromad solig’i qonuniga qarshi  norozilik bildirish uchun bugun ish tashlash namoyish, kutilmoqda.

Iordaniya hukumati,  tortishuvga sabab bo’lgan qonun loyihasini  21-  mayda imzolab parlamentning birinchi qanoti vakillar palatasiga yuborgan  edi.

Xalqaro Pul jamg’armasi (INF)ning majburlovi  sifatida  ko’rgan  loyiha, ko’plab qism tomonidan  norozilik bilan  kutib olingan, poytaxt Amman bilan bir qatorda, Ibid, Tafika, Al- Kerak, Er- Remse va Maan shahrida namoyishlar uyushtirilgan edi.

Qirol Abdulloh ham gavjum norozilikka  sabab bo’lgan soliq qonuni mavzusida  hukumatni va majlisni kelishuvga chaqirgan edi.

Iordaniya Bosh vaziri Hani al- Mulki, tortishuvga sabab bo’lgan soliq qonuniga  qarshi  uyushtirilgan gavjum namoyishlarning ortidan iste’foga chiqqan edi. Qirol Abulloh esa Mukining iste’fosining ortidan kabinetda Ta’lim vaziri sifatida vazifa olib borgan O’mer ar- Razzazni yangi hukumat tashkil etish bilan vazifalantirgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iordaniya , #Soliq , #Daromad , #Namoyish

Aloqador xabarlar