Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni Rossiyaga taklif qildi

Taklifnoma o’tgan hafta mamlakatda bo’lgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan Kim Chen Inga yetkazilgan.

985539
Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni Rossiyaga taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni sentyabr oyida Rossiyaning Vladivostok shahrida bo’lib o’tadigan global forumga taklif qildi.

Yonhap xabar agentligi Ria Novosti xabar agentligiga tayanib bergan xabariga ko’ra, taklifnoma o’tgan hafta mamlakatda bo’lgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan Kim Chen Inga yetkazilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin maktubda Koreya yârim oroli bilan bog’liq mojarolarni hal qilish bo’yicha so’ngi kunlarda olib borilgan diplomatik sa’y-harakatlarda Kim Chen Inga muvaffaqiyatlar tilagan.

TASS xabar agentligi avvalroq Lavrovning tashrifi chog’ida Kim Chen Inni Rossiyaga taklif qilganligini ma’lum qilgandi.

Kim Chen In Putinning taklifini qabul qilib yoki qilmaganligi ma’lum emas.

 



Aloqador xabarlar