Meksikada saylovga nomzodini qo'ygan siyosatchi Rodrigo Salado suiqasd qurboni bo'ldi

Shtat prokuraturasi Saladoning bir guruh qurolli shaxslar tomonidan otib o’ldirilganligini tasdiqladi.

983874
Meksikada saylovga nomzodini qo'ygan siyosatchi Rodrigo Salado suiqasd qurboni bo'ldi

Meksikada 1 iyulda o’tkaziladigan saylovlar oldidan qurolli hujumga uchragan San Markos shaharchasi hokimiyat majlisi nomzodi Rodrigo Salado hayotdan ko’z yumdi.

Institutsional inqilobchi partiya (PRI) izohida, Guerrero shtatiga qarashli San Markos hokimiyati saylovlariga o’z nomzodini qo’ygan Saladoning qastdan o’ldirilganligini ma’lum qildi.

Partiya o’z nomzodiga nisbatan sodir etilgan jinoyat ustidan zudlik bilan tergov boshlanishini va aybdorlar qonun oldida javob berishini talab qildi.

Shtat prokuraturasi Saladoning bir guruh qurolli shaxslar tomonidan otib o’ldirilganligini tasdiqladi.

Meksikadagi 2018-yilgi siyosiy shiddat hisobotiga ko’ra, saylov kampaniyalari boshlangan sentyabr oyidan beri butun mamlakatda 177 nafar siyosatchi hujumga uchragan. Rodrigo Saladoning o’limi bilan birga siyosiy qurbonlar soni 103ga yetdi.

Meksikalik saylovchilar 1 iyul kuni prezidentini, deputatlarni, senator va 8 shtatga hokim bilan bir qatorda 3400dan ortiq siyosiy vakilni saylaydi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Meksika , #Rodrigo Salado , #San Markos , #saylov

Aloqador xabarlar