AQSh Suriya va Iroqda kamida 892 nafar tinch aholini yanglishlik bilan o’ldirganligini e'tirof etdi

Ba’zi manbalarning ta’kidlashicha, koalitsiya hujumlarida halok bo’lgan tinch aholi soni aslida bundan ham ko’p.

983516
AQSh Suriya va Iroqda kamida 892 nafar tinch aholini yanglishlik bilan o’ldirganligini e'tirof etdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya va Iroqda 2014 yildan e’tiboran amalga oshirilgan operatsiyalarda kamida 892 inson nobud bo’lganligini e’tirof etdi.

Koalitsiya tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko’ra, koalitsiya kuchlari 2014 yilning avgust oyidan 2018 yilning aprel oyigacha jami 29358 marta hujum sodir qildi.

“Qo’shma mushtarak xizmat kuchi (CJTF-OIR) tekshiruviga ko’ra, harbiy operatsiyalar boshlangan kundan buyon koalitsiyaning hujumlari oqibatida kamida 892 nafar tinch aholi yanglishlik bilan o’ldirilgan”,- deyiladi hisobotda.

Ba’zi manbalarning ta’kidlashicha, koalitsiya hujumlarida halok bo’lgan tinch aholi soni aslida bundan ham ko’pchilikni tashkil qiladi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #koalitsiya , #Suriya , #Iroq

Aloqador xabarlar