Vladimir Putin 7-iyun kuni “To’g’ridan-to’g’ri liniya” o’tkazadi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 7-iyun kuni “To’g’ridan-to’g’ri liniya” o’tkazadi.

979936
Vladimir Putin 7-iyun kuni “To’g’ridan-to’g’ri liniya” o’tkazadi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 7-iyun kuni “To’g’ridan-to’g’ri liniya” o’tkazadi.

Kreml Matbuot xizmati tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra mazkur dastur 7-iyun kuni Rossiya vaqti bilan soat 12:00 da boshlaydi.  

Dastur esa Rossiyada “Perviy”, “Rossiya 1”, “Rossiya 24” va “OTR” telekanallari va “Mayak”, “Vesti FM”, va “Radio Rossii” radiostansiyalarida jonli efir orqali uzatiladi.

Bu Putin uchun 2001-yilning aprel oyidan beri o’n oltinchi va yangi olti yillik prezidentlik muddatidagi birinchi “To’g’ridan-to’g’ri liniya” dasturi hisoblanadi.

Putinning, mamlakat aholisi savollariga javob bergan “To’g’ridan-to’g’ri liniya” dasturining eng uzuni 2013-yili amalga oshirilgan edi. Mazkur dastur 2013-yili 4 soat 47 daqiqa davom etgan.

Putin, 2017-yildagi “To’g’ridan-to’g’ri liniya” dasturida 4 soat xalq savoliga javob bergan.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bu dasturda Rossiya iqtisodiyoti, Suriya siyosati, Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Rossiya munosabati va Qrim bosh bo’lish bilan birga xalqtan kelgan 2 milliondan ortiq savolning 70 tasiga javob bergan edi.



Aloqador xabarlar