Kolumbiyada bugun Prezidentlik saylovi o’tkazilmoqda
Bugun Kolumbiya fuqarolari oldidagi 4 yil uchun o'zlarining yangi prezidentini saylaydi.
Kolumbiyada bugun Prezidentlik saylovi o’tkazilmoqda.
German Vargas Leras, Gustavo Petro, Humberto de la Calle, Ivan Duque, Sergio Fajardo va Jorge Antonio Sarmiento kabi nomzodlar kuch sinashayotgan mazkur saylovda ovoz berish ishlari mahalliy vaqt bilan 08:00’da boshlar ekan 16:00’da o’z nihoyasiga yetadi.
Kolumbiya Milliy saylov kengashining ma’lum qilishicha saylovda qariyb 36 million 230 ming kishi ishtirok etish huquqiga ega. Undan tashqari saylov xavfsizligi uchun 115 ming xavfsizlik xodimi bilan qariyb 100 nafar xalqaro kuzatuvchi faoliyat olib bormoqda.
Saylovning birinchi bosqichida hech qaysi nomzod ovozlarning 50 foizini qo’lga kiritolmagudek bo’lsa unda eng ko’p ovoz olgan ikkita nomzod 17-iyun kuni o’tkaziladigan ikkinchi bosqichda kuch sinashadi.
Saylangan yangi davlat rahbari poytaxt Bogotadagi Davlat rahbarligi saroyi “Casa de Narino”da shu yilning 7-avgusti kuni o’z vazifasini boshlaydi va bu vazifa 2022-yilgacha davom etadi.