Netanyahu AQShning Eronga qarshi siyosatini qo'llab quvvatladi

“Eron Yaqin sharqda tajovuzkor harakatini va keng tarqalishni avjiga chiqardi. Shu sababli Vashingtonning siyosatini to’g’ri deb baholayman”,-dedi Netanyahu.

976451
Netanyahu AQShning Eronga qarshi siyosatini qo'llab quvvatladi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu AQShning Eronga qarshi siyosatini to’g’ri deb baholadi.

AQSh kotibi Mayk Pompeoning Eronga doir so’zlaridan so’ng, Isroil bosh vaziri Netanyahu ham yozma bayonot bilan chiqdi.

“Eron Yaqin sharqda tajovuzkor harakatini va keng tarqalishni avjiga chiqardi. Shu sababli Vashingtonning siyosatini to’g’ri deb baholayman”,-dedi Netanyahu.

Avvalroq, yanvar oyida Isroil razvedka xizmati Mossad tomonidan Eronning atom faoliyatlari bilan bog’liq mahfiy hujjatlar o’g’irlab ketilganligi iddao qilingandi.

Bunga munosabatini bildirgan Netanyahu: “Eron biz tomonimizdan fosh qilinganidek, turli yo’llar bilan yadroviy qurol ishlab chiqarishga harakat qilmoqda. Erondan uranium ishlab chiqarishni to’xtatishini talab qilish, Eronga jiddiy sanktsiyalar joriy etish va uning Suriyadan chiqishini talab qilish mintaqada tinchlikni ta’minlovchi yagona to’g’ri siyosat ekaniga ishonaman”,-dedi.

U Eronni tajovuzkorlikda ayblab, barcha davlatlarni AQSh siyosatiga ko’ra harakat qilishga chaqirdi.

Eslatma: AQSh kotibi Mayk Pompeo kuni kecha AQShning Eronga nisbatan talablarini o’z ichiga olgan 12 moddalik ro’yxat e’lon qilgandi. Shuningdek, Eronga qarshi misli ko’rilmagan dahshatli moliyaviy bosim va tarixda eng kuchli sanktsiyalar joriy etilishini ma’lum qilgandi.

Pompeo agar, Eron hukumati bildirilgan talablarga rioya qilsa, munosabatlarni tiklashga hamda Tehronga iqtisodiyotni rivojlantirishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Benyamin Netanyahu , #AQSh , #Eron , #siyosat

Aloqador xabarlar