Isroildagi Falastinlik mahbus Aziz Aviysat yurakka qon laxta ketishi natijasida halok bo’ldi

Isroil qamoqxonasidagi Falastinlik mahbus  Aziz Aviysat (53) yurakka  qon laxta ketishi natijasida halok bo’ldi.

975311
Isroildagi Falastinlik mahbus Aziz Aviysat yurakka qon laxta ketishi natijasida halok bo’ldi

Isroil qamoqxonasidagi Falastinlik mahbus  Aziz Aviysat (53) yurakka  qon laxta ketishi natijasida halok bo’ldi.

Falastin asirlar jamiyat tomonidan berilgan yozma bayonotda, Er- Remle qamoqxonasida muolaja qilinayotgan paytida yurakka qon laxtasi ketishi natijasida mahbus Aviyasat, Assaf Harofeh shifoxonasiga olib burilishining   ortidan  dunyodan ko’z yumganini ma’lum qilindi.

Asirlar Jamiyati, Aviysatning vafotining javobgari, Isroil rasmiylari deb qayd etib, qamoqxona boshqaruvini  mahbuslarga nisbatan   tibbiy parvosizlik  bilan aybladi.

Al-Quds shahr aholisi ekanligi  ma’lum qilingan Aviysat, 2014- yilida qamoqqa olinib 30 yil qamoq jazosi  berilgan edi.

Hamas ham, Aziz Aviysatnimng o’limidan  Isroilni javobgar deb ko’rmoqda.

Hamas matbuot kotibi Hazim Qasim, bergan yozma bayonotida,

“ Asirlarimizga qarshi qilingan  ushbu jinoyatlar, jihod ruhini, isyon va erkanlik umidini yo’q qilmaydi dedi. Bu ishg’ol kuchlarining  qora ro’yxatiga qo’shilgan yangi jinoyatdir.” Deb ma’lum qildi.

Buning bilan birgalikda Isroil kuchlari,  Falastinlik mahkum Aziz Aviysatning o’limiga norozilik  bildirgan Falastinlik  mahbuslarga  ham  aralashdi deb  ma’lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #mahbus , #Halok

Aloqador xabarlar