Falastin hukumati Isroilni xalqaro sudga beradi

Falastin ozodlik tashkiloti bosh kotibi Saib Ureykat G’azoda ro’y bergan hodisalardan so’ng, Falastin hukumati tomonidan olingan qarorlarga doir ma’lumot berdi.

971319
Falastin hukumati Isroilni xalqaro sudga beradi

Falastin hukumati G’azo chegarasida ro’y bergan hodisalardan so’ng, yahudiylarni Falastin hududlariga joylashtirish siyosati tufayli Isroilni xalqaro sudga beradi.

Falastin ozodlik tashkiloti bosh kotibi Saib Ureykat Ramallahda o’tkazilgan matbuot anjumanida, G’azoda ro’y bergan hodisalardan so’ng, Falastin hukumati tomonidan olingan qarorlarga doir ma’lumot berdi.

“Falastin hukumati Isroil tomonidan mamlakat hududlariga yahudiylarni joylashtirish siyosatini xalqaro sudga topshirish, BMT xavfsizlik kengashini shoshilinch yig’ilishga chaqirish, Falastinning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi, Falastin milliy kengashida olingan qarorlarni ijro etish va Falastin-Isroil munosabatlarini cheklash uchun Falastin ozodlik tashkiloti markaziy qo’mitasi, boshqaruv kengashi va hukumat a’zolaridan tashkil topadigan qo’mita tuzishga qaror berdi”,-dedi Saib Ureykat.

Falastin milliy kengashi 3 mayda Falastin ozodlik tashkiloti boshqaruv kengashi zimmasiga “chegaralari 1967 yilda belgilangan Falastin davlatini” tan olguniga qadar, Sharqiy Qudsni ishg’ol qilish qarori va yahudiylarni joylashtirish siyosati to’xtatilguniga qadar Isroilni tan olishni to’xtatish vazifasi yuklatilgandi.

Eslatma: Falastin hukumati kecha davlat rahbari Mahmud Abbos boshchiligida ishg’ol ostidagi G’arbiy Sheriyaning Ramallah shahrida joylashgan prezidentlik saroyida to’plangan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar