Fransiyada shubhali bir kishi piyodalarga qarshi hujum qildi

Fransiya poytaxti Parijda, shubhali bir kishi piyodalarga qarshi hujum qildi.

969563
Fransiyada shubhali bir kishi piyodalarga qarshi hujum qildi

Fransiya poytaxti Parijdagi pichoqli hujumda 1 kishi jon berar ekan 4 kishi tan jarohati oldi. Tan jarohati olganlardan 2 nafarining ahvoli og’ir.

Parij Milliy Politsiya idorasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, poytaxtdagi Opera maydoniga yaqin nuqtada, shubhali bir kishining piyodalarga qarshi hujum qilganligi qayd etildi.

Fransiyaning “France Info” radiosi tarqatgan ma’lumotga ko’ra hujumchiga politsiya tomonidan oq uzilib, qo’lga tushirilgan.

Ichki Ishlar vazirligi Gerard Collomb, xavfsizlik kuchlarini o’z vaqtida faoliyatga o’tib, muammoni sovuq qonlilik bilan hal qilganligi uchun tabriklagan.

Hujumchining kim ekanligi haqida hech qanday ma’lumot berilmas ekan, Parij prokurorining voqea o’rniga ketganligi va eng qisqa vaqt ichida matbuot anjumani uyushtirajagi ifoda etilgan.



Aloqador xabarlar