Saudiya Arabistoni o'zini Eron zarbasidan himoya qilish uchun yadroviy bomba yaratishga tayyor...

“Agar, Eron yadro dasturiga takror qaytadigan bo’lsa, biz ham o'z yadroviy qurollarimizni yaratamiz”,-dedi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri.

967829
Saudiya Arabistoni o'zini Eron zarbasidan himoya qilish uchun yadroviy bomba yaratishga tayyor...

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubayr CNN televideniyesida AQShning Eron yadroviy kelishuvidan chiqishiga nisbatan munosabatini bildirdi.

“Agar, Eron yadro dasturiga takror qaytadigan bo’lsa, biz ham o'z yadroviy qurollarimizni yaratamiz”,-dedi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri.

U 2015 yilda imzolangan Eron yadroviy kelishuvida kamchiliklar borligini va Eronning ballistik raketa dasturlarini o’z ichiga olmaganligini ma’lum qildi.

“Mazkur kelishuv Eronning terrorizmga homiylik qilishini va mintaqadagi davlatlarga aralashuviga to’sqinlik qilmaydi. Shu sababli, AQSh prezidenti Donald Trampning bu qarorini qo’llab quvvatlaymiz”,-dedi Odil Al-Jubayr.

Uning ta’kidlashicha, Eron yadroviy dasturiga qaytgan taqdirda, BMT xavfsizlik kengashining AQShdan tashqari boshqa doimiy a’zolar ham bu kelishuvdan chiqishi va Eronga sanksiya berishi kerak.

“Saudiya Arabistoni atom bombasini yaratadimi yoki yo’qmi?” degan savolga “Agar, Eron yadroviy qurol ishlab chiqaradigan saviyaga keladigan bo’lsa, biz ham xalqimizni Eron zarbasidan himoya qilish uchun yadroviy bomba yaratishga tayyormiz”,-deb javob berdi Odil Al-Jubayr.

U Eron Yamanda Husiylarga ballistik raketa yetkazib berishni to’xtatishi kerakligini ta’kidladi.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini va 2015 yilda to’xtatilgan Eronga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni qaytatdan yana ham puxta shaklda berishini ma’lum qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar