Makron bilan Ruhoniy, AQShning yadroviy kelishuvdan chiqish qarorini qo’lga oldi

Ma'lum qilinishicha Makron, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan shu haqida telefon orqali muloqat qilgan.

968111
Makron bilan Ruhoniy, AQShning yadroviy kelishuvdan chiqish qarorini qo’lga oldi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Fransiyaning P5 + 1 davlatlari (Xitoy, Fransiya, Rossiya, Angliya va AQSh)  bilan Eron o’rtasida 2015-yili qo’l qo’yilgan yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan kelishuvga sodiq qolish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Fransiya Prezidentlik apparati tomoidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Makronning Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqat qilganligi ma’lum qilindi.

Mazkur muloqat chog’ida Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning yadroviy kelishuvdan chiqish qarori qo’lga olinar ekan Makron Ruhoniyga, Fransiyaning mazkur kelishuvga sodiq qolish niyatida ekanligini, Tehrondan ham shunga ko’ra muomala qilinishini kutganliklarini yetkazdi.  

Makron, Eron bilan 2015-yili qo’l qo’yilgan kelishuv asosida, kelishuvga qo’l qo’ygan tomonlar o’rtasida keng ko’lamli muzokaralarning davom ettirilishi haqidagi rejalarini eslatar ekan, shu yo’l orqali Eronning 2025-yildan keyingi yadroviy dasturi, ballistik faoliyatlari va Yaqin Sharqdagi muammolari ustidan mushtarak manfaatlarga erishilishi mumkinligini ta’kidladi.  

Ikkala lider mintaqaning barqarorligining himoya qilinishi va yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan kelishuvning davom etishi uchun kelishuvga qo’l qo’ygan tomonlarga qaratilgan mushtarak faoliyatlarni davom ettirajaklarini belgilab o’tar ekan, ikkala mamlakatning tashqi ishlar vazirlarining ham eng qisqa vaqt ichida bu yo’nalishdagi faoliyatlarni amalga oshirish uchun uchrashuv o’tkazajaklarini ma’lum qildi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump tunov kuni Oq uyda bergan va Eron bilan bo’lgan mazkur kelishuv haqidagi bayonotlarida AQShning kelishuvdan chiqib, Eronga yangi sanksiyalar kiritishi mumkinligini qayd etgan. 

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy esa yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan kelishuvning, kelishuvga qo’l qo’ygan boshqa davlatlar bilan davom etishini ma’lum qilgan.

 

 



Aloqador xabarlar