Medvedev, shu bilan ikkinchi marotaba Rossiya Bosh vazirligigia tasdiqlandi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan nomzod etib ko’rsatilgan Dmitriy Medvedev shu bilan ikkinchi marotaba Rossiya Federatsiyasining Bosh vaziri etib saylandi.

967442
Medvedev, shu bilan ikkinchi marotaba Rossiya Bosh vazirligigia tasdiqlandi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan nomzod etib ko’rsatilgan Dmitriy Medvedev shu bilan ikkinchi marotaba Rossiya Federatsiyasining Bosh vaziri etib saylandi.  

Rossiya Davlat Dumasi Medvedevni Rossiya Bosh vazirligi uchun tasdiqladi.

Dumadagi yig’ilishda Medvedevni 374 deputat qo’llab-quvvatlar ekan, 36 deputat Medvedevga qarshi ovoz berdi. Ovoz berishda jami 430 deputat ishtirok etdi.

Aytib o’tish joizki duma yig’ilishi chog’ida “Yedinaya Rossiya” va LDPR Medvedev nomzodini to’liq ma`qullar ekan, yana ikki fraksiya — KPRF va “Spravedlivaya Rossiya” esa qarshi chiqqan.

Ovoz berish jarayonini zalda kuzatib o’tirgan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin o’z nutqida Medvedevning, hukumatni murakkab kunlarda boshqarganligini qayd etdi.

Medvedev ham o’z nutqi ortidan deputatlar savoliga javob berdi.

Endilikda Bosh vazir etib saylangan Medvedevning bir hafta ichida davlat vazirlarini belgilab, ularni Putin e’tiboriga taqdim etishi kutilmoqda.

Vladimir Putin joriy yilning mart oyida o’tkazilgan saylovda g’alabaga erishib,  2024-yilgacha Rossiya Federatsiyasini boshqarish huquqini qo’lga kiritar ekan 7-may kuni  inauguratsiya marosimida ont ichib, Davlat rahbari lavozimiga kirishgan edi.

Inauguratsiya marosimi ortidan yangisining tashkil etilishi uchun Dmitriy Medvedev boshqarayotgan Rossiya hukumati 7-may kuni iste`foga chiqar ekan Putin, Medvedevni Bosh vazirlik uchun nomzod etib ko’rsatgan.

 

 



Aloqador xabarlar