Marokashlik bolalarning 40 foizi qashshoqlik ichida yashamoqda

Marokashdagi Inson taraqqiyotiga asoslangan Milliy observatoriya tomonidan berilgan bayonotga ko’ra mamlakatdagi bolalarning 40 foizi qashshoqlik ichida umr surmoqda.

966373
Marokashlik bolalarning 40 foizi qashshoqlik ichida yashamoqda

Marokashda bolalarning 40 foizining qashshoqlik ichida yashaganligi aniqlandi.

Marokashdagi Inson taraqqiyotiga asoslangan Milliy observatoriya tomonidan berilgan bayonotga ko’ra mamlakatdagi bolalarning 40 foizi qashshoqlik ichida umr surmoqda.

Observatoriya tomonidan poytaxt Rabatda uyushtirilgan matbuot anjumanida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi UNICEF bilan birgalikda bolalar ustidan amalga oshirilgan qo'shma tadqiqotlar natijasi e’lon qilindi.

Bayonotda, 17 yoshigacha bo’lgan bolalar ustidan olib borilgan tadqiqotda bolalarning sog’ligi, ovqatlanishi, ta’lim va tarbiyasi, suv ta’minoti, boshpanasi, sog’likni saqlash sug’urtasi, aloqa va axborotlashish imkonlarining qo’lga olinganligi qayd etildi.

Tadqiqotning asosini tashkil etgan mazkur o’lchovdan kamida ikkitasidan mahrum bo’lgan bolalarning “qashshoqlik” ichida umr surganligi ifoda etildi.

Tadqiqot natijalarida marokashlik bolalarning 39.7 foizining qashshoqlik ichida azob tortganligi ma’lum qilinar ekan, 68.7 foizining qishloqlarda umr surganligi aytildi.

Oxirgi 30 yil mobaynida ayniqsa Marokashda ona va bola sog’ligi, ta’limi, rivojlanishi va bolalarni himoya qilish tarmog’ida muhim faoliyatlar olib borilganligini qayd etgan tadqiqotda, bolalar huquqining yaxshilantirilishi va bolalarga yana-da yaxshi kelajak taqdim etish uchun yana-da ko’proq shaxdam qadamlarning tashlanishi kerakligi ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar