Afg’onistonda portlatilgan bomba 7 kishining umriga zomin bo’ldi

Afg’onistonning Faryab viloyatining Almar tumanida portlatilgan bomba 7 kishining umriga zomin bo’ldi.

964891
Afg’onistonda portlatilgan bomba 7 kishining umriga zomin bo’ldi

Afg’onistonning Faryab viloyatining Almar tumanida, yo’l chetiga oldindan joylashtirib qo’yilgan bombaning portlatilishi oqibatida 7 nafar tinch aholi jon berdi.

Faryab viloyat Xavfsizlik xodimlari voizi Abdukarim Yurishning qayd etilishicha, Almar tumanining Besh Kara qishlog’ida, yo’l chetiga oldindan joylashtirib qo’yilgan bomba, tinch aholini tashigan mashinaning yo’ldan o’tishi chog’ida portlatilgan.

Yurish hujum oqibatida jon berganlardan tashqari yana 1 kishining tan jarohati olganligini qayd etar ekan hujumning Tolibon tomonidan uyushtirilgan bo’lishi mumkinligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar