Mike Pompeo AQSh Davlat kotibi lavozimiga tasdiqlandi

Amerika Qo’shma Shtatlari Markaziy Razvedka boshqarmasining sobiq direktori Mike Pompeo AQSh Davlat kotibi lavozimiga tasdiqlandi.

959962
Mike Pompeo AQSh Davlat kotibi lavozimiga tasdiqlandi

Amerika Qo’shma Shtatlari Markaziy Razvedka boshqarmasining sobiq direktori Mike Pompeo AQSh Davlat kotibi lavozimiga tasdiqlandi.

AQSh Davlat rahbari Donald Trump tomonidan o’tgan oyda o’z vazifasidan bo’shatilgan Rex Tillersonning o’rniga yana Donald Trump tomonidan nomzod ko’rsatilgan Mike Pompeo, senatdagi 57 ovoz bilan AQShning 70-Davlat kotibi etib saylandi.

Aytib o’tish joizki Pompeo 2011-2017-yillarda uch muddat Kanzas shtatidan Kongressga saylangan. O’tgan 2017-yilning yanvar oyidan boshlab Kongressda Markaziy Razvedka boshqarmasi rahbari sifatida ishladi.

Shu bilan birga Tashqi ishlar vaziri Pompeoning 26-apreldan boshlab 30-aprelgacha Bryussel, ar-Riyod, Quddus va Ammonda bo’lishini ma’lum qildi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bugun Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etadigan AQSh Davlat kotibi bilan uchrashuv o’tkazadi.

 



Aloqador xabarlar