Afg'onistonning Faryob viloyati Almar tumanida portlash ro'y berdi

Tolibon tomonidan sodir etilgan portlashda 4 kishi halok bo'ldi.

957769
Afg'onistonning Faryob viloyati Almar tumanida portlash ro'y berdi

Afg'oniston shimolidagi Faryob viloyati Almar tumanida portlash ro'y berdi.

Tolibon tomonidan sodir etilgan portlashda 4 kishi halok bo'ldi.

Bu haqda Faryob hokimligi kotibi Ahmed Javid Bidar ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Tolibon jangarilari Almar tumaniga qarashli Cho'ymat qishlog'ida yo'l chetiga bomba joylashtirgan. General Farruh Kateni olib ketayotgan zirhli mashina o'tib ketayotgan paytda bomba portlatib yuborilgan.

Portlashda general Kate va uning 3 ta qo'riqchisi halok bo'lgan, 3 ta qo'riqchisi esa, jarohatlangan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #portlash , #Faryob , #Tolibon

Aloqador xabarlar