Nikki Haleyning qayd etishicha rus firmalariga yangi sanksiyalar kiritiladi

Nikki Haleyning qayd etishicha Suriyada rejim kuchlarining kimyoviy qurolga ega bo’lishi va kimyoviy qurol ishlab chiqarishiga yordam bergan rus firmalariga yangi sanksiyalar kiritiladi.

952388
Nikki Haleyning qayd etishicha rus firmalariga yangi sanksiyalar kiritiladi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Nikki Haleyning qayd etishicha Suriyada rejim kuchlarining kimyoviy qurolga ega bo’lishi va kimyoviy qurol ishlab chiqarishiga yordam bergan rus firmalariga yangi sanksiyalar kiritiladi.

Nikki Haley Amerikaning “CBS” telekanalida kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

Shu doirada Rossiya bilan bo’lgan munosabatlariga ham to’xtalgan Haley, Suriyada rejim kuchlarining kimyoviy qurolga ega bo’lishi va kimyoviy qurol ishlab chiqarishiga yordam bergan rus firmalariga yangi sanksiyalar kiritilajagini ma’lum qildi.

Haley, “Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritiladi. Moliya vaziri Mnuchin haftaning dushanba kuni bu haqida ma’lumot beradi. Sanksiyalar to’g’ridan-to’g’ri Bashar al-Asad va kimyoviy quroldan foydalanish masalalari bilan aloqasi bor firmalar uchun yo’lga qo’yiladi” dedi.  

Haley ''Fox News Sunday'' dasturida esa Rossiyaning Venesuelada Maduro hukumatiga, Suriyada Bashar al-Asad rejimiga yordam berish orqali Eron bilan hamkorlik qilib “noto’g’ri aktyorlar bilan” ish olib borganligini; shuning uchun ham Rossiyaning bironta ham yaxshi do’sti qolmaganligini, qolganlarining ham Rossiyaga ziyon berganligini iddio qildi.

 

 



Aloqador xabarlar