Emmanuel Makron va Donald Tramp Suriyada kimyoviy qurol qo’llanilganini muhokama qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi.

947044
Emmanuel Makron va Donald Tramp Suriyada kimyoviy qurol qo’llanilganini muhokama qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda 7 aprel shanba kuni Suriyaning Duma viloyatida kimyoviy qurol qo’llanilgani muhokama qilindi.

Ular kimyoviy hujum bilan bog’liq tekshiruvlarni kuchaytirish to’g’risida tegishli vakillarga buyruq berdi.

Makron va Tramp suhbat chog’ida Suriyada ro’y berayotgan kimyoviy hujumlarni qoraladi.

Bu haqda Fransiya prezidentlik matbuot xizmati bayonot berdi.

“Prezident Emmanuel Makron AQSh prezidenti bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Fransiya Respublikasi prezidenti Sharqiy Gutadagi Duma viloyatida tinch aholiga qarshi yuz bergan kimyoviy hujumlarni qat’iy qoraladi. Respublika prezidenti va AQSh yetakchisi kimyoviy qurol qo'llanilganini tasdiqlovchi ma’lumot va tahlil natijalarini almashdi”,-deyiladi bayonotda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va AQSh prezidenti Donald Tramp o'zaro telefon muloqoti davomida Suriyaning Duma viloyatida kimyoviy qurol qo'llanganini tasdiqlovchi ma’lumotlarni almashdi. 

Shuningdek, kelgusi kunlarda ma’lumot va hisobot almashishni oshirish bo’yicha tegishli vakillarga topshiriq berdilar.

Ikki yetakchi bugun bo’lib o’tadigan BMT xavfsizlik kengashida 2401-sonli qarorga bo’y sunilmaganligi va takror kimyoviy qurol qo’llanilganligini qoralash maqsadida sa’y-harakatlarini davom ettirishga qaror berdi.

Qolaversa, ikki yetakchi 48 soat ichida takror muloqot o’tkazish va keng ko’lamli ma’lumot almashishga kelishib oldi.

 



Aloqador xabarlar